Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani, “A.Jomiy” M.F.Y “A.Navoiy” ko‘chasi hududidan o‘tgan yo‘lda 14-iyun kuni soat 13:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

2008-yilda tug‘ilgan haydovchi R.N (ayol) Lacetti-2 avtomobilini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama qarshi yo‘nalishga o‘tgan.

So‘ng o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan FAW TIGER rusumli avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Lacetti-2 haydovchisi R.N (ayol) va avtomoblda bo‘lgan 2007-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Z.Sh shifoxonada vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling