Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi bergan xabarda taʼkidlanadi.
Shuningdek, Anvar Tojiboyev O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rahbari bo‘lgan. Umidjon Norboyev Respublika baxshichilik san‘ati markazi rahbari etib tayinlangan.
Shu bilan birga, Fotih Jalolov Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimiga tayinlangan.
Yig‘ilishda ularga ijro intizomi holati yuzasidan tashkilotda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha vazifalar berilgan.