Uzbekistan Airways parvozlar jadvalida majburiy o‘zgarishlar bo‘lishini maʼlum qildi

Ba‘zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqga oshishi mumkin.

Uzbekistan Airways Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab parvoz jadvalidagi majburiy o‘zgarishlar bo‘yicha ma‘lumot berdi.

O‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlarga taalluqli:

  • Toshkent – Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket va ushbu shaharlar bilan bog‘liq qaytish yo‘nalishlari.

Ba‘zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqga oshishi mumkin.

Agar reys bekor qilinsa, yo‘lovchilarga yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) yoki aviabilet summasini to‘liq qaytarish imkoniyati taqdim etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling