Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

O‘z ehtiyoji uchun mashina olib kirishda muvofiqlikni baholash jarayonlari soddalashtirildi

Piskent poligonida uzun navbatlar (1 oydan 3 oygacha) hosil bo‘lgan, bu esa aholining e‘tirozlariga sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda o‘z ehtiyoji uchun mashina olib kirishda muvofiqlikni baholash jarayonlari soddalashtirilmoqda. Bu Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya bayonida maʼlum qilingan.

Unga ko‘ra, Piskent avtopoligonida majburiy sinov joriy etilishidan maqsad rasmiy dilerlar orqali transport vositalari savdosini yana-da rag‘batlantirish bo‘lgan. 

2024-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kirgan Piskent avtopoligonida 2 ta majburiy ko‘rsatkich bo‘yicha sinovlarni amalga oshirish amaliyoti orqali rasmiy sotuvlar soni bo‘yicha keskin o‘zgarish bo‘lmagan.

2024-yilga nisbatan joriy yil birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan yengil avtotransport vositalari soni 2 693 donaga ko‘paygan.

Buning asosiy sababi muvofiqlikni baholash tizimida tegishli infratuzilmani yaratish yetarlicha ta‘minlanmagan, bugungi holat bo‘yicha Piskent poligonida uzun navbatlar (1 oydan 3 oygacha) hosil bo‘lgan, bu esa aholining e‘tirozlariga sabab bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, komissiya quyidagicha qaror qilgan:

  • yuridik shaxslarga muomalaga chiqarish uchun transport vositasi turini ma‘qullash hujjatining amal qilish muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi;
  • 2025-yil 2-sentyabrdan boshlab Piskent avtopoligonida shaxsiy ehtiyoj uchun import qilinadigan bir dona avtotransport vositasini "elektromagnit moslashuvchanlik" va "haydovchi hamda yo‘lovchi xonasidagi havoga ajraladigan zaharli moddalar" ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish talabi bekor qilindi;
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling