Toshkent viloyatida qariyb 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan bino aniqlandi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida hisoblagichga tashqi ta‘sir ko‘rsatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.

Maʼlum qilinishicha, Parkent tumanida joylashgan “S. S. B.” MCHJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichiga tashqi ta‘sir ko‘rsatilib, gazdan noqonuniy foydalanib kelingan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 999,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling