Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Samarqandda qum-shag‘al aralashmalari qazib olinishi natijasida tabiatga 839 mln so‘m zarar yetkazildi

Texnika vositalari esa jarima maydonchasiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirildi.

Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida tabiatga 839,7 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Tumanlarda 3 ta holatda huquqbuzarlar tomonidan noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmalari qazib olingan.

Holatlar yuzasidan qonunbuzilish holatini sodir etgan huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi. 

Texnika vositalari esa jarima maydonchasiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling