Samarqandda 18 yoshli qiz maktab o‘quvchilarini urdi

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda ko‘chadan kelgan qizlar maktab o‘quvchilarini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati izoh berdi.

Maʼlum qiilnishicha, 29-aprel kuni Pastdarg‘om tumani, Qo‘shquduq mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda hamda tumanning 83-sonli maktabida 2007-y.t. fuqaro E.B. 11-sinf o‘quvchilarini urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha 2007-y.t. fuqaro E.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling