Samarqand viloyatida 1,5 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Paxtachi tumanida fuqarolar Sh.X. va G‘.S. “M.O.” fermer xo‘jaligi rahbarining xabardorligisiz, xo‘jalikning “Jaxonobod” MFY hududidagi binosida 932,9 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Oqdaryo tumanida “L.Y.” NTM va “N.B.” MCHJga qarashli binoda MCHJ rahbari S.T. 641,5 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.