Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
“M. M. A.” MCHJga qarashli AGTKSHda o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasi o‘rganilganda impuls naychasiga tashqi taʼsir o‘tkazilgani maʼlum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 541 million so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.
Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.