Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi

Tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-sentyabr kuni Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

XXR Raisi Si Szinpin o‘z nutqida bugungi sharoitda tarixiy xotirani asrab-avaylash, tinchlikni saqlash va adolatni taʼminlash muhimligini taʼkidladi.

Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi ishtirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish etildi.

Bunday paradlar 1949-yildan buyon Pekinda o‘tkazib kelinadi, qurolli kuchlarning so‘nggi katta ko‘rigi esa 2019-yil 1-oktyabrda bo‘lib o‘tgan va unda 15 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling