Rossiyaning Penza viloyatida Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgan mashina avariyaga uchragani haqida xabar berilgandi. Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ushbu avtohalokat boʻyicha koʻshimcha maʼlumot berdi.
Bosh konsulxona tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida ularning 2 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi tasdiqlandi (R.I.E 1980-y.t va B.X.T 1996-y.t).
Jarohat olgan fuqarolarga tor soha mutaxassislar tomonidan tibbiy davolanish koʻrsatish maqsadida Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat vakillarining koʻmagida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Kuznesk tumanlararo shifoxonasidan Penza shahar 6-Markaziy klinik shifoxonasiga koʻchirildi.
Tibbiyot muassasasining shifokorlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, doimiy aloqa oʻrnatilib, ahvoli boʻyicha muntazam ravishda maʼlumot olinmoqda.
Hozirgi paytda Bosh konsulxona jasadlarni Vatanga qaytarish boʻyicha zarur rasmiylashtiruv jarayonlari yakunlash choralarni koʻrmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling