Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi

Guruhda jami 8 kishi boʻlgan

8-yanvar kuni Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlning taqiqlangan qismiga qorda uchish uchun sayohat qilgan guruh bilan fojia yuz berdi. Bu haqdagi xabarni FVV matbuot xizmati Repost.uz'ga tasdiqladi.

Guruhda jami 8 kishi boʻlgan, ulardan biri – 31 yoshli fuqaro yoʻlning chetroq qismida selfi qilayotgan vaqtda yiqilib tushgan. Yordam bermoqchi boʻlgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustidan bir necha metrlik qor uyumi bosib qolgan. Natijada fuqarolar vafot etgan.

Holat Toshkent-Andijon-Oʻsh avtomobil yoʻlining 141-kilometrida sodir boʻlgan. Ushbu hudud zaxira yoʻl boʻlib, faqat maxsus texnikalar uchun harakatlanish mumkin boʻlgan.

FVV qutqaruvchilari sheriklarining chaqiruvidan soʻng darhol yetib borgan. Hozirda jasadlar olib chiqilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling