Toshkent shahrining Sergeli tumani, Mehrigiyo ko‘chasida 13-mart kuni soat 14:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1960-yilda tug‘ilgan, M.A. Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.