Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi tadbirkor MFYdagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari haqida ariza bilan murojaat qiladi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Unga ko‘ra, hokim yordamchisi hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yerni “K-savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirib, onlayn auksion savdolari orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 6 ming dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi 6000 dollarni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling