Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va shifoxonaga yetkazldi

Toshkent viloyatining Piskent tumani hududidan o‘tgan “Toshkent -Bekobod“ avtomobil yo‘lida 17-mart kuni soat 06:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yo‘lda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi, dastlabki maʼlumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida, qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Natijada Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hodisada yuk transport vositasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan-jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot masʼullari jalb etilib,

YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va shifoxonaga yetkazldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling