Toshkentda uch kishini Polshaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, Chilonzor tumanida fuqaro J.F. fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, uni va 2 nafar tanishini Polshaga ketishlari uchun ishchi vizasini olib berishini vaʼda qilgan.

Buning evaziga 12 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumanida fuqaro B.E. fuqarolar R.A. va J.M.ning ishonchiga kirib, ularni Kanadaga ishga yuborishi evaziga 3 ming dollar olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling