Polshada mushkul ahvolga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Elchixona va faol vatandoshlar ko‘magi bilan Toshkentda tug‘ilgan D.A. va uning onasi S.A. xorijdagi davolanish jarayonidan so‘ng xavfsiz holda O‘zbekistonga yetib oldi.
Shuningdek, Telegram‘dagi yolg‘on vaʼdalarga ishonib aldangan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotgan Toshkent viloyatida tug‘ilgan 21 yoshli O.K. ham O‘zbekistonga qaytarildi.
Fuqarolarga tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari tomonidan psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.