Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistondagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
U Polsha hududida qo‘lga olingach va zarur tartib talablari amalga oshirilgach, keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy Markaziy Byurosi xodimlariga topshirildi.
Shu bilan birga, AQSHdan O‘zbekistonga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lgan 39 nafar fuqaro deportatsiya qilindi.
Ular orasida Interpol kanallari orqali o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs ham bor edi.
Gumonlanuvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgach, javobgarlikka tortish uchun Interpol Milliy markaziy byurosi va Respublika IIO xodimlari tomonidan kutib olindi.