Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming dollar pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
FVB boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga tuman hokimining qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi.
Shuningdek, u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berishni ham ma’lum qiladi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling