Toshkent shahrida qish mavsumi tugashi bilan poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini ta‘mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha faol ishlar boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlash hamda shahar aholisi va jamoat transportining harakatlanishi uchun qulayliklarni oshirish maqsadida Toshkentning transport oqimi faol bo‘lgan ko‘chalari holati tekshirildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2025-yilda joriy va kapital ta‘mirlash talab qilinadigan ko‘chalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan manzilli ta‘mirlash dasturi ishlab chiqildi. Dastur doirasida umumiy maydoni 65 ming m² dan ortiq bo‘lgan yo‘llarni ta‘mirlash rejalashtirilgan, jumladan:
Ishlar qoplamaning uzoq muddat chidamli bo‘lishini ta‘minlaydigan texnologiyalar va materiallarni qo‘llagan holda ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tomonidan 7-martdan boshlab amalga oshiriladi.
Tirbandliklarning oldini olish va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l ishlari asosan transport harakati eng kam bo‘lgan soatlarda tashkil etiladi.