Prezidentning "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror bilan, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi. Bunda:
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m etib;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m etib;
kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
- oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
- oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m etib;
kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori
- 420 000 so‘m etib;
2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.
- 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib;
2025-yil 1-avgustdan boshlab:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilansin.