Jizzaxda fuqaroga “prava” rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Jizzax shahrida yashovchi N.T. hamshahri G.I .ga haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Gumonlanuvchi fuqarodan 700 dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Maʼlum bo‘lishicha, gumon qilinuvchi 1,5 ming dollar evaziga G.I. ga “prava” olib bermoqchi bo‘lgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling