Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida jami 4 241 so‘zdan foydalandi – tahlil

Eng ko‘p “tadbirkor” – 107 marta tilga olingan.

O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida jami 4 241 so‘zdan foydalangan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Prezident eng katta eʼtiborni huquqiy muhit va investitsiyaviy iqlim masalalariga (21%), shuningdek, startaplarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashga (17%) qaratgan.

Eng ko‘p “tadbirkor” – 107 marta, “biznes” – 34 marta, “korxona” – 29 marta, “soliq” – 21 marta, “investitsiya”, “loyiha”, “kredit” – 15 marta, “tizim” – 14 marta, “sharoit”, “bank”, “startap” – 13 marta va “eksport” so‘zi –12 marta tilga olingan.

Bir qator asosiy iboralarga alohida eʼtibor qaratildi, “biznes vakillari” – 8 marta, “ochiq muloqot” – 7 marta, “imtiyozli kredit” – 4 marta takrorlangan. Shuningdek, nutqda “Yangi O‘zbekiston”, “kichik biznes”, “yosh tadbirkor”, “yakka tadbirkor”, “moliyaviy xizmatlar”, “aylanma mablag‘” va “eng ilg‘or” kabi iboralar har biri 3 martadan tilga olingan.

Uch so‘zdan iborat iboralardan “yakka tartibdagi tadbirkor” va “kuch – bu tadbirkorlar” iboralarining har biri 3 marta qayd etilgan. Shuningdek, nutqda “aholi va tadbirkorlar”, “litsenziya va ruxsatnoma”, “bog‘cha va maktab”, “kichik biznes uchun”, “imtiyozli kredit ajratiladi”, “qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”, “qarzdorlik uchun jarima”, “band qilgan shaxs” va “oilaviy mehmon uylari” iboralarining har biri 2 martadan tilga olingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling