Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

“Dom”lar yonidagi pulli parkovkalar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi

Jarayonlar joriy yil noyabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Pulli to‘xtash joylari tashkil etilgan ko‘chalarda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun maxsus imtiyozlar yaratilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Bunda poytaxt aholisi uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etilib, ruxsatnoma egalari o‘z mahallasi hududidagi to‘xtash joylaridan sutkaning kechki paytidan tonggacha imtiyozli shartlarda foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. 

Shuningdek, kunduzgi vaqtda ham muayyan chegirmalar beriladi, bayram va dam olish kunlarida esa yana-da kengroq imtiyozlar taqdim etiladi.

Hozirgi kunda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya ishlari olib borilmoqda. 

Jarayonlar joriy yil noyabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

"Ushbu ishlar yakunlanganidan so‘ng, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilinib, ruxsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, huquqqa ega bo‘luvchi fuqarolar toifasi, taqdim etiladigan imtiyozlar ro‘yxati aniq belgilanadi", deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling