Samarqandda qalbaki dollarni oʻtkazgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Samarqand viloyatining Narpay tumanida qalbaki AQSH dollarini oʻtkazgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar O.E. va J.S. oʻzaro til biriktirib, “Mirbozor bozori” MCHJ hududida “Paynet” xizmati bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning shoxobchasidan boshqa fuqarolarning plastik kartasiga jami 5,6 mln soʻm pullarni oʻtkazib, evaziga qalbaki 500 dollarni bergan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling