“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Maxsus texnikalar yordamida dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari amalga oshiriladi

Qalin qor yoqqanligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

7 mart kuni soat 15:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Maxsus texnikalar yordamida dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari amalga oshiriladi.

Transport vositalarining harakatiga ruxsat berilishi yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling