Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qamchiq dovonida yangi turizm maskani quriladi

Loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi.

Qamchiq dovonining Namangan viloyatidan o‘tgan qismida zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi, va uni Avstriyaning Doppelmayr/Garaventa guruhi amalga oshiradi. 

Viloyat hokimi kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish obyektlari muhokama qilindi. 

Doppelmayr/Garaventa  — Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanatli yo‘llar (ropeways), gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling