Qamchiq dovonida Cobalt haydovchisi 21-may soat 08:05 da boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi.
Qtqaruv otryadi maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni xandaqdan olib chiqdi.
Avtomobilda haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.