Oʻzbekistonda 2025-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37,7 mln kishini tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, aholi soni yil boshiga nisbatan 154,6 ming kishiga koʻpaygan. Hududlar kesimida doimiy aholi soni quyidagicha:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 2 035,1 ming kishi;
- Andijon viloyati – 3 474,1 ming kishi;
- Buxoro viloyati – 2 082,8 ming kishi;
- Jizzax viloyati – 1 544,3 ming kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 3 656 ming kishi;
- Navoiy viloyati – 1 099,2 ming kishi;
- Namangan viloyati – 3 144,8 ming kishi;
- Samarqand viloyati – 4 315,3 ming kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2 959,8 ming kishi;
- Sirdaryo viloyati – 934,5 ming kishi;
- Toshkent viloyati – 3 121,5 ming kishi;
- Fargʻona viloyati – 4 162,3 ming kishi;
- Xorazm viloyati – 2 039,6 ming kishi;
- Toshkent shahri – 3 128,5 ming kishi.