Aprelning birinchi haftasida 19,5 mlrd soʻmlik elektr va gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati aniqlandi

Respublika boʻyicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan 39 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qoʻyildi, deb xabar berdi DXX.

Maʼlum ыilinishicha 1-7-aprel kunlari oʻtkazilgan reyd tadbirlarida jami 2776 ta holatlar aniqlanib, shundan elektrdn 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd soʻm davlat foydasiga undirildi.

Respublika boʻyicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan 39 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va 263 ta maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling