Qashqadaryoda Umra tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etgan MCHJ jarimaga tortildi

Shuningdek, Namanganda jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Umra tadbirini tashkil etib kelgan

Umra tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etayotganlarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida joylashgan “SYSTEM AIR TRAIN TOUR” MCHJ ga nisbatan lisenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani uchun BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, Namangan shahrida “Namangan Jazira travel” nomi ostida jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Umra tadbirini tashkil etib kelgani aniqlandi.

“Namangan Jazira travel” nomi ostida ishlab kelgan jismoniy shaxsning hatti-harakatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli chora ko‘rish yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling