Qashqadaryoda 310 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qarshi shahrida oʻzboshimchalik bilan 310,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “M.” MCHJga qarashli noturar binoda gaz hisoblagichisiz toʻgʻridan toʻgʻri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 310,2 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling