Qashqadaryoda bankdan MCHJga 1,5 mlrd soʻm kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Qarshi shahar Soliq inspeksiyasining soliq maʼmurchiligi shoʻbasi bosh inspektori oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, 2 ta dorixona rahbarining ishonchiga kiradi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, soliqchi unga nisbatan qoʻllanilgan 150 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzdorligini sud organlaridagi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 50 mln soʻm talab qiladi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda u soʻralgan pul mablagʻidan 10 mln 400 ming soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Qarshi shahrida MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi MCHJga bankdan 1,5 mlrd soʻm kredit olib berish evaziga, uning rahbaridan 84 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling