Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta‘minot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning “Batosh” MFYda joylashgan "E. T. B. S." MCHJga qarashli issiqxonada tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda isteʼmolchi muddati o‘tgan va nosoz bo‘lgan elektron gaz hisoblash uskunasidan foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 808 million so‘mlik zarar yetkazilgani maʼlum bo‘ldi.
Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.