Qarshida 697 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan bog‘cha aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qarshi shahrida 697,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro O‘.E. “G.” nodavlat bog‘chani davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, faoliyatiga norasmiy rahbarlik qilib kelib, ushbu muassasa binosida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling