Toshkentda fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Toshkent shahrida oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro Sh.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) tanishlari yordamida fuqaro D.A. va uning ikki nafar tanishini Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 6 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling