2025-2026 yillarda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlari yana-da jadallashtiriladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan, tegishli dasturi ham tasdiqlandi.
Unda quyidagilar nazarda tutildi, jumladan:
- har yili oktyabrning 1-haftasida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligini o‘tkazib borish;
- har yili oktyabr oyida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan respublika darajasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;
- Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yana-da takomillashtirish.
Qarorga ko‘ra, o‘quvchi yoshlar va talabalar ishtirokida qatag‘on qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkaziladi.