O‘zbekistonda 12-may kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 12-may, dushanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi. Unga ko‘ra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodislari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling