Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy janjal oqibatida goʻdak bolaga qaynoq suv toʻkilgani haqida xabar berildi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganildi.
Aniqlanishicha, 27-yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. (1999-yilda tugʻilgan ayol) qaynonasi M.X (1966-yilda tugʻilgan) bilan oilaviy oʻzaro janjal yuzaga kelgan va ayol keliniga qarata ichida issiq suv boʻlgan termosni otgan.
Buning oqibatida onaning qoʻlida boʻlgan chaqaloq (23 kunlik) ning oyoq va qoʻl qismi kuygan.
Bolaga zaruriy tibbiy muolajalar koʻrsatilishi taʼminlangan.
Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Shuningdek, holat yuzasidan nizo davom etishini oldini olish maqsadida X.M ga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qoʻyilgan cheklovlar oila aʼzolariga tushuntirildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling