Toshkent viloyatida 2 ta issiqxona tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, 601,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qibray tumani “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar R.M. va R.T.lar oʻz xonodonlarida issiqxonalar tashkil qilib, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 601,2 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.