Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi

Fuqarolar R.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va M.T. fuqaro F.Sh.ning ishonchiga kirib, tumandagi “I.O.” fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan yerning go‘yoki toifasini o‘zgartirib, 6 sotixini 54 ming dollarga sotishga kelishgan.

Shundan 25 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling