JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston navbatdagi uchrashuvni 25-mart kuni, Eronga qarshi o‘tkazadi.

Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston MTJ Qirg‘iziston bilan o‘yin o‘tkazdi. 

Uchrashuvning 25-daqiqasida Eldor Shomurodov penaltidan unumli foydalana olmadi. Ayni ushbu penalti yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan qirg‘izistonlik futbolchiga esa bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatildi. 

Oradan 15 daqiqa o‘tib esa Abbosbek Fayzullayevning ajoyib uzatmasidan so‘ng Hojiakbar Alijonov gol urib, hisobni ochdi. 

O‘yin yakuniga qadar shu hisob saqlanib qoldi. O‘zbekiston MTJ ochkolar sonini 16 taga yetkazib oldi. O‘zbekiston navbatdagi uchrashuvni 25-mart kuni, Eronga qarshi o‘tkazadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling