Toshkent metropolitenida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida yong‘in va tan jarohati holatlari qayd etilmadi.

Toshkent metropolitenida 7-iyun kuni soat 11:35 larda qisqa tutashuv bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

“Texnopark”–“Qipchoq” yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd vagonida yo‘lovchilardan birining Power Bank‘i texnik nosozligi sabab qisqa tutashuv bo‘lgan.

Holat “Olmos” bekatida tezkor bartaraf etilib, poyezd harakati davom ettirildi. 

Hodisa oqibatida yong‘in va tan jarohati holatlari qayd etilmadi.

Metro poyezdlari harakati belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling