Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Navoiyda FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida korrupsiya holatlari aniqlandi, deb xabar berdi DXX.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani FVB boshlig‘i my.gov.uz orqali kelib tushgan murojaatga asosan, tumandagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa berish evaziga 3000 dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs ushbu pulni o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tuman MIB boshlig‘ining o‘rinbosari va davlat ijrochisi bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida 1993-y.t. fuqaroga nisbatan xorijga chiqishga qo‘yilgan taʼqiqni bekor qilib berishni vaʼda qiladi.

Buning uchun 600 dollar hamda paxta va g‘alla yetishtiriga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka nisbatan yuritilgan ijro ishi doirasida xo‘jalikning yer maydonlarini auksion savdolarga chiqarmaslik evaziga 10 mln so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrida advokatlik byurosi advokati hamda advokatlik hayʼati advokatining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Ular Uchtepa tuman IIOlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan Olmazor tumanida yashovchi, 1989-y.t. fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida unga qo‘llanilgan qamoqqa ehtiyot chorasini tanishlari orqali uy qamog‘i ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berish evaziga 14 ming dollar talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda ushbu ikki advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling