Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Ilhom Klichxanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Qobil Hamdamov nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Qobil Hamdamov shahar hokimi etib tasdiqlandi.