Xovos tumani hokimi o‘zgardi

Qomus Yuldashev tayinlovga qadar Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Yo‘ldoshev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan Qomus Yuldashev nomzodi Xovos tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U tayinlovga qadar Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 

Ma‘lumot uchun, Qomus Yuldashev 1983-yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling