Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani, Nurafshon mahallasida yashovchi 1988-yilda tugʻilgan shaxs Gentra mashinasida 25-mart kuni soat 14:00 larda benzin zapravkaga kelib, benzin uchun toʻlov qilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Mazkur shoxobcha operatori — Sharof Rashidov tumani Yangidiyor MFYda yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan fuqaro yoqilgʻi quyib boʻlgach, avtomobilning yoqilgʻi idishi qopqogʻini yopmagan.
Shu sababli Gentra egasi unga eʼtiroz bildirgan va turli haqoratli soʻzlar aytib, unga qoʻli va oyogʻi bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, hozirda sud tibbiy ekspertiza tayinlangan va gumonlanuvchini javobgarlikka tortish choralari koʻrilmoqda.