Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Farg‘onada 6 kishi nomiga avtomobil xarid qilib, ularni sotib yuborgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyatida 6 nafar fuqaro nomiga avtomobil xarid qilib o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament. 

Maʼlum qilinishicha, Qo‘qon shahrida fuqaro A.S. 6 nafar fuqaroni aldab, ularning nomiga tijorat banki filialidan ajratilgan avtokredit to‘lovlarini o‘zi to‘lab yurishiga ishontirgan. 

Natieada jami 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘lari hisobiga sotib olingan 8 ta avtomashinani boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling