O‘zbekistonning oltita viloyatida 20-25-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli qor ko‘chish xavfi eʼlon qilinadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumani.
"Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.