Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, shimolda yog‘ingarchilik qor shaklida, qolgan hududlarda asosan yomg‘ir shaklida kuzatiladi, 18-19-yanvar kunlari ba’zi joylarda qor bilan yog‘adi.
Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik faqat 19-yanvarda kuzatiladi. Bugun harorat kunduzi 8-11 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Kechasi va ertalab respublika bo‘ylab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7-10 m/s tezlikda esadi, 18-19-yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 18-yanvar kechasi va 19-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yengil o‘rtacha tezlikdagi shamol bo‘ladi.
Bugun havo harorati kunduzi 8-10 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq bo‘ladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling